«Real»ga qarshi «jang»larni sog'ingan Kosta: Diego eng yoqtirgan raqiblarini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 356

Madridning «Atletiko» klubi sobiq hujumchisi Diego Kosta «Real» himoyachilari Serxio Ramos va Pepega qarshi kechgan afsonaviy to'qnashuvlarni yodga oldi. Ispaniyalik hujumchi 2007–2014 va 2018–2021 yillar davomida «matraschilar» sharafini himoya qilgan.
«Ular ham xuddi men kabi erkak kishilar. Ramos va Pepe o'z jamoasini himoya qilishgan, men esa o'zimnikini. Ular haqiqiy jangchilar edi. Shu bilan birga, Pike va Puyol menga qarshi "podkat" ishlatishsa, uzr so'rashardi.
«Barselona» bilan o'yinlar juda qiyin kechardi, chunki biz faqat himoyalanishimizga to'g'ri kelardi. «Real» bilan bahslarda esa men ko'proq kurasha olardim. Ramos va Pepe menga qarshi o'ynash eng yoqqan ikki himoyachi edi. Ular juda kuchli edilar va seni boringni berib o'ynashga majbur qilishardi», — deya Kostaning so'zlarini keltirmoqda «Mundo Deportivo» Mario Suaresning podkastiga tayanib.

Diego Kosta doim maydondagi agressiv o'yin uslubi bilan ajralib turgan. Uning «Madrid derbisi»da Ramos va Pepe bilan bo'lgan «janglari» futbol tarixidagi eng keskin qarama-qarshiliklardan biri hisoblanadi. Qizig'i shundaki, Kosta «Barselona» himoyachilarining «yumshoqroq» va xushmuomalalik bilan qilgan o'yinidan ko'ra, Madrid himoyachilarining ayovsiz kurashini afzal ko'rgan.

Bosh sahifaga
196