Boks. Qahramonov qozog'istonlik sportchiga yutqazdi, ammo Tokio-2020 yo'llanmasi uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 331

Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya mintaqasi bokschilari uchun litsenzion musobaqasida bugun chorak final bosqichi janglari davom etmoqda.
Biroz avval kechki dasturdan o'rin olgan -75 kilogramm vazndagi hamyurtimiz Fanat Qahramonov qozog'istonlik Abilxan Amanqulga qarshi ringga ko'tarildi. Afsuski, bellashuvda qo'shni mamlakat bokschisining qo'li baland keldi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Reglamentga ko'ra, ushbu vazn toifasida Tokio-2020 uchun 5 ta kvota ajratilgan. Yurtdoshimiz endi chorak finalda imkoniyatni boy bergan boshqa bokschilar bilan yagona yo'llanma uchun kurash olib boradi.
Ma'lumot uchun, bugun kechki dasturda eng og'ir vaznli sportchimiz Bahodir Jalolov Olimpiada yo'llanmasi uchun ringga ko'tariladi.

Bosh sahifaga
238