UEFA klublarning rekord darajadagi daromadlarini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49

UEFA Evropa klublarining moliyaviy holati bo'yicha yillik hisobotini e'lon qildi.
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) ma'lumotlariga ko'ra, Angliya Premer-ligasi (APL) jamoalari 2024 yilda 7 milliard 447 million evro daromad ko'rgan — bu barcha ligalar ichida eng yuqori ko'rsatkichdir. Ushbu mablag' 2023 yilga nisbatan 4 foizga oshgan.
Boshqa etakchi ligalarning daromadlari quyidagicha ko'rinish oldi:
Bundesliga (Germaniya): 3,90 mlrd evro;
La Liga (Ispaniya): 3,88 mlrd evro;
A Seriya (Italiya): 2,92 mlrd evro;
Liga 1 (Frantsiya): 2,58 mlrd evro;
RPL (Rossiya): 1,03 mlrd evro.
Yil davomida daromadlarning eng yuqori o'sishi Turkiyada qayd etildi — 64 foiz (877 million evrogacha).
Umumiy hisobda, Evropa yuqori ligalaridagi barcha jamoalar 28,6 milliard evro daromad olishgan. Prognozlarga ko'ra, 2025 yilda bu ko'rsatkich 30 milliardlik dovondan oshadi. Ma'lumot uchun, Evropa futbolida 20 milliardlik marra 2017 yilda, 10 milliardlik chegara esa 2007 yilda zabt etilgan edi.

Qiziqarli fakt: Hisobotda qayd etilishicha, APLning bitta o'rtamiyona klubi topayotgan daromad A Seriya yoki La Liganing aksariyat klublari daromadidan 3 baravar ko'pdir. Bu asosan telehuquqlarning qimmatligi bilan izohlanadi.

Bosh sahifaga
196