«Atletiko» Grizmannga «ideal» o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 696

Avvalroq Antuan Grizmann «Atletiko»ni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. MLSning «Orlando Siti» klubi futbolchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, madridliklar futbolchiga «ideal» o'rinbosar topishgan. Ispaniya grandi «Bryugge» vingeri Kristos Tsolisga e'tibor qaratgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. «Transfermarkt» portali gretsiyalik futbolchining qiymatini 30 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Kristos Tsolis «Bryugge» safida 38 ta uchrashuv o'tkazdi. Ushbu bahslarda vinger 12 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258