«Brentford» muvaffaqiyatlar kaliti bo'lgan murabbiy bilan kelishuvni yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

Angliyaning «Brentford» klubi o'z rasmiy saytida bosh murabbiy bilan shartnoma uzaytirilgani haqida e'lon joylashtirdi. Kit Endryus 2032 yilning yozigacha amal qiladigan mehnat shartnomasiga imzo chekdi.
«Brentford» joriy mavsumni ajoyib o'tkazmoqda va ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi. Endryus jamoani o'tgan yozda qabul qilib olgan edi. Bungacha u «Brentford»da Tomas Frank shtabida faoliyat yuritgan.
Premer-liganing navbatdagi uchrashuvini «Brentford» shanba kuni, 28 fevral kuni o'tkazadi. Jamoa safarda «Byornli»ga qarshi maydonga tushadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267