«Liverpul» Jo Gomesning ketishiga to'sqinlik qilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4008

«Daily Mail» nashrining xabariga ko'ra, agar Jo Gomes shu yozda jamoani tark etish istagini bildirsa, «Liverpul» rahbariyati bunga qarshilik qilmaydi. «Enfild»da eng uzoq vaqtdan beri to'p surayotgan ushbu futbolchi joriy mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va bor-yo'g'i 9 ta o'yinda ilk daqiqalardan maydonga tushdi.
O'tgan yili klub himoyachilar etishmovchiligi sababli Gomesni olib qolgan edi. Biroq kelasi mavsumda tarkibga Jeremi Jake va jarohatidan tuzaladigan Jovanni Leonining qo'shilishi vaziyatni o'zgartiradi.
Ibraima Konate bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar davom etayotgan bir paytda, «qizillar» Gomesning transferiga ruxsat berishga tayyor ko'rinmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262