«Liverpul»ning progressi siri nimada? Slot jamoadagi o'zgarishlarni tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 783

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning rivojlanishi haqida gapirdi.
«Biz uch-to'rt oy oldingi holatimizga qaraganda ancha yaxshilandik. Garchi o'shanda ham hamma narsa yomon bo'lgan, deb hisoblamagan bo'lsam-da. Progress kuzatilayotganining sababi shundaki, yozda jamoaga kelib qo'shilgan va mavsumoldi tayyorgarlikni o'tkazib yuborgan futbolchilar nihoyat haftasiga uch marta o'ynash tizimiga moslashishdi. Ularga bunga ko'nikish uchun vaqt kerak edi», — deya Slotning so'zlaridan iqtibos keltiradi «The Touchline» nashri «Viaplay»ga tayanib.
Shanba kuni, 28 fevral kuni «Liverpul» Angliya chempionati doirasida o'z maydonida «Vest Xem»ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261