Gyuler "Real"dagi 100-o'yinini o'tkazib, "Fenerbaxche"ga daromad keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 557

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoa safidagi o'zining 100-o'yinini o'tkazdi. Bu voqea Chempionlar ligasi pley-off bosqichining saralash raundi doirasidagi "Benfika"ga qarshi javob uchrashuvida (2:1) yuz berdi. AS nashrining xabar berishicha, ushbu natija tufayli Gyuler o'zining sobiq klubi "Fenerbaxche"ga 2 million evro miqdorida daromad keltirdi.
Madrid klubi safida 100 ta o'yin chegarasiga etish shartnomadagi maxsus bandni faollashtirdi, unga ko'ra "qaymoqranglilar" futbolchining sobiq jamoasiga belgilangan bonusni to'lashi shart. Agar turkiyalik futbolchi "Real" uchun yana 25 ta o'yinda maydonga tushsa, bu summa yana 2 million evroga ko'payadi.
Gyuler 2023 yilning yozida "Fenerbaxche"dan "Real"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 39 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
206