Manolas "Yuventus" ustidan kuldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50

"Roma"ning sobiq himoyachisi Kostas Manolas "Yuventus" jamoasi "Galatasaroy"ga mag'lub bo'lib, Chempionlar ligasini tark etganidan so'ng turinliklarni masxara qildi.
Birinchi saralash o'yinida 2:5 hisobida imkoniyatni boy bergan turinliklar javob uchrashuvida 3:2 hisobida g'alaba qozonishganiga qaramay, musobaqaning 1/8 finaliga yo'l ola bilishmadi.
Oradan bir necha soat o'tgach, Manolas "Roma"ning 2018 yilda "Barselona"ga qarshi o'tkazgan o'yini suratlari aks etgan postni repost qildi va shunday deb yozdi: "Ba'zi qahramonliklar faqat gladiatorlargagina xos!"

Suratlarda rimliklar "Kamp Nou"dagi 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z uylarida "Barsa"ni 3:0 hisobida mag'lub etgan Chempionlar ligasi o'yini lavhalari aks etgan. O'shanda Manolas javob o'yinidagi gollardan biriga mualliflik qilgan va "Roma" musobaqaning o'sha paytdagi eski qoidalariga ko'ra yarim finalga yo'l olgan edi.

Bosh sahifaga
210