Ibragimovich Primera, Seriya A va APL o'rtasidagi farqni aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

Shvetsiyalik sobiq hujumchi Zlatan Ibragimovich o'zining boy faoliyati davomida to'p tepgan Evropaning uchta top-chempionati o'rtasidagi farqlarni ma'lum qildi.
"La Ligada futbol o'ynashga harakat qilishadi. Ular o'yinni himoyadan boshlab qurishga intilishadi. Hatto autsayder jamoalar ham shunday taktikaga amal qiladi. APLda esa doimiy hujumlar va qarshi hujumlar kuzatiladi. Agar siz texnik jihatdan kuchli o'yinchi bo'lsangiz ham, bu tempga bardosh bera olmasligingiz mumkin. Italiyada futbol — eng avvalo taktika demakdir, bu erda hamma narsa mayda-chuydasigacha o'ylab chiqiladi. Himoya hujumdan ko'ra muhimroq", — deya Zlatanning so'zlaridan iqtibos keltiradi ESPN UK.
Eslatib o'tamiz, Zlatan o'z faoliyatini 2023 yilda "Milan" klubida yakunlagan edi. Faoliyati davomida u "Malmyo", "Yuventus", "Inter", "Barselona", "PSJ", "Manchester Yunayted" va "Los-Andjeles Gelaksi" kabi jamoalarda to'p tepishga ulgurgan.

Bosh sahifaga
208