Demikelis La Liga klubini boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

Martin Demikelis murabbiylik faoliyatini tiklashga yaqin turibdi. «Cadena SER» xabariga ko'ra, 45 yoshli argentinalik mutaxassis «Malorka»ning navbatdagi bosh murabbiyi bo'ladi.
Ma'lumki, bir necha kun oldin «Malorka» murabbiysiz qolgan edi. Xagoba Arrasete safarda «Selta»dan qabul qilingan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z lavozimini tark etdi.
Martin Demikelis may oyida «Monterrey» klubi bosh murabbiyligidan ketganidan beri ishsiz yuribdi.
«Malorka» ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida 18-o'rinni egallab, xavfli hududda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 28 fevral kuni o'z maydonida «Real Sosedad»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266