"Chelsi"da moliyaviy inqiroz: Klub yulduzlarini sotishga majbur bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 525

Moliyaviy ekspert Adam Uilyamsning ta'kidlashicha, "Chelsi" UEFAning moliyaviy qoidalarini buzib bo'lgani sababli, futbolchilarini sezilarli darajada sotishga majbur bo'lishi mumkin.
"Ko'klar" ayollar jamoasini sotish kabi ichki aktivlar savdosi orqali Premer-liganing foyda va barqarorlik qoidalari talablarini bajargan bo'lsa-da, UEFA bunday hisob-kitob usulini tan olmaydi.
Uilyamsning da'vo qilishicha, hozirda "Chelsi" kelgusi uch yil ichida xarajat va daromad muvozanatini ta'minlashni talab qiluvchi kelishuv bitimi asosida faoliyat yuritmoqda.
Ushbu talablarga rioya qilmaslik jarimalarga yoki hatto Chempionlar ligasidan chetlatilishga olib kelishi mumkin. Bu esa yaqin orada jamoaning yuqori darajali yulduzlari sotib yuborilishi mumkinligini anglatadi.

Bosh sahifaga
232