Mourino "Real"ga qarshi o'yinni klub avtobusida tomosha qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar ligasi pley-off bosqichining saralash raundi doirasida "Real"ga qarshi bo'lib o'tgan javob o'yinida (1:2) "Santyago Bernabeu"dagi press-studiyaga borishdan bosh tortdi.
Record nashri bergan ma'lumotga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis o'yinni klub avtobusi ichida kuzatgan. Mourino bir hafta oldin Portugaliyada o'tgan "Real" bilan birinchi o'yinda qizil kartochka olgan edi, shu sababli u jamoani maydon chetidan boshqara olmadi.
O'yindan so'ng Mourino muxlislar bilan muloqot qildi. U mag'lubiyatga qaramay, muxlislarga dastxatlar ulashdi va ular bilan suratga tushdi. El Chiringuito TV mutaxassisning muxlislar bilan gaplashish uchun avtobusdan tushib kelgani aks etgan videoni e'lon qildi.

Bosh sahifaga
212