Arbeloa: "EChLdagi navbatdagi raqibimiz aniq"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi 1/8 finalida jamoa «Manchester Siti»ga qarshi o'ynashiga ishonch bildirdi.
Ma'lumki, ushbu bosqichda «Real»ga «Manchester Siti» yoki «Sporting» jamoalaridan biri raqib bo'lishi mumkin.
«Bizga aniq «Manchester Siti» tushadi. Xuddi oxirgi etti yildagi kabi», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida yumor bilan.
Aytib o'tish joizki, «Real» va «Manchester Siti» Chempionlar ligasi pley-off bosqichida oxirgi to'rt mavsumdan beri o'zaro to'qnash kelishmoqda. Bundan avval ham bir necha bor uchrashuvlar bo'lib o'tgan. Joriy mavsumning dekabr oyida esa, turnirning umumiy bosqichi doirasida «Manchester Siti» Madridda «Real»ni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.

Bosh sahifaga
216