Fernando Lorente Kellining chetlatilishi haqida: "Bu kartochka emas, hatto sariq ham emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

"Yuventus"ning sobiq hujumchisi Fernando Lorente Chempionlar ligasi doirasidagi "Galatasaroy"ga qarshi o'yinda (3:2) Lloyd Kellining chetlatilishi haqida fikr bildirdi.
O'yinning 49-daqiqasida turinliklar himoyachisi Kelli havodagi to'p uchun kurashda muvozanatini yo'qotib, yarim himoyachi Barish Yilmazning oyog'ining orqa qismini butsasining tishlari bilan bosib oldi. Hakam Joau Pedru Pineyru ingliz futbolchisiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, uni maydondan chetlatdi. Biroq VAR hakami Pineyruni takroriy lavhani ko'rishga taklif qildi va shundan so'ng portugaliyalik hakam Kelliga to'g'ridan-to'gori qizil kartochka ko'rsatdi.
"Biz futboldagi texnologiyalar ustida ishlashimiz kerak. Hakam bu o'yinda jazo tayinlash haqida qaror qabul qildi. Ishonchim komilki, hayotida hech bo'lmasa bir marta futbol o'ynagan inson bu harakatda qoidabuzarlik ko'rmagan bo'lardi. Kelli to'pga qarab sakramoqda, bu kartochka emas, hatto sariq ham emas", — dedi Lorente Amazon Prime efirida.

Bosh sahifaga
171