Skoulz: "Chelsi" "Arsenal"ni mag'lub etadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz Angliya Premer-ligasining 28-turidan o'rin olgan, 1 mart kuni "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadigan "Arsenal" va "Chelsi" jamoalari o'rtasidagi o'yin borasida o'z kutganlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men "Chelsi"ning g'alabasiga pul tikaman. Menimcha, hisob 0:0 bo'lishi ham mumkin. Mening fikrimcha, durang bo'ladi yoki "Chelsi" g'alaba qozonadi", — deya Skoulzning so'zlarini The Overlap nashri keltiradi.
Hozirgi vaqtda "Arsenal" 61 ochko jamg'argan holda Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Chelsi" esa 45 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180