Osimxen Chempionlar ligasining keyingi bosqichida o'ziga yoqmaydigan raqibni aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

"Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxen jamoaning Chempionlar ligasidagi ehtimoliy raqibi haqida fikr bildirdi. Istanbul klubi "Tottenxem" yoki "Liverpul"ga qarshi o'ynashi mumkin.
"Rostini aytsam, hozir "Liverpul" bilan uchrashish o'ziga xos o'ch olishdek bo'ladi. Men "Liverpul" bilan to'qnashuvdan qochishni istagan bo'lardim. Ammo ular bilan o'ynaydigan bo'lsak, bu oson bo'lmaydi.
Biroq bu — Chempionlar ligasi, bu erda hech bir jamoa bilan oson bo'lmaydi, ayniqsa "Budyo-Glimt"ning ushbu turnirdagi ishtirokini ko'rib turibmiz. Agar g'alaba qozonishni istasangiz, kuchli raqiblarga qarshi o'ynashingiz va o'zingizni ko'rsatishingiz kerak.
Biz "Liverpul" bilan to'qnash kelganmiz, lekin hali "Enfild"da o'ynamaganmiz. Agar ular bilan o'ynasak, bu ajoyib bahs bo'ladi", — dedi Osimxen.

Bosh sahifaga
188