Tedesko: "Hech narsa tugagani yo'q, mo''jiza yaratish istagi bilan Angliyaga ketyapmiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 423

Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko Evropa Ligasi doirasida Angliyaning "Nottingem Forest" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan javob o'yini haqida fikr bildirdi. Uchrashuv bugun, 26 fevral kuni bo'lib o'tadi. Birinchi o'yinda "Fenerbaxche" o'z uyida 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
"Biz uchun hali hech narsa tugagani yo'q. Biz Angliyaga qat'iyat va u erda mo''jiza yaratish istagi bilan ketyapmiz. Jarohatlar bilan bog'liq vaziyat yomon, lekin mening ishim — echim topishdan iborat. Men bosim va kuchlanishni engib o'ta olaman, lekin bu futbolchilarimga og'irlik qilishini istamayman. Men jamoaga juda ishonaman. Har bir o'yinchi bor kuchini beradi", — deya Tedeskoning so'zlarini UEFA rasmiy sayti keltiradi.

Bosh sahifaga
180