Ronaldu ispan klubi aktsiyalarining 25 foizini sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466

Saudiyaning "An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning "Almeriya" klubi aktsiyalarining 25 foizini sotib oldi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'idagi The Touchline nashri xabar berdi.
"Futbolga nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham o'z hissamni qo'shishni anchadan beri orzu qilardim. "Almeriya" — mustahkam poydevorga va o'sish uchun aniq salohiyatga ega bo'lgan Ispaniya klubi. Men klub rivojlanishining keyingi bosqichini qo'llab-quvvatlash uchun rahbariyat bilan birgalikda ishlash imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman", — deya Ronalduning so'zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
"Almeriya" 2025/2026 yilgi mavsum Segunda turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa 27 ta o'yinda 48 ochko jamg'argan. Birinchi o'rinda esa xuddi shuncha o'yindan so'ng 50 ochko to'plagan "Rasing" bormoqda.

Bosh sahifaga
187