"Galatasaroy" murabbiyi "Yuventus" to'sig'idan o'tilganiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 482

Istanbulning "Galatasaroy" jamoasi ustozi Okan Buruk UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o'yinida Turinning "Yuventus" klubidan qabul qilingan safardagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Raqibimiz juda kuchli jamoa edi. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz. Maydon egalari bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin ham bizga oson bo'lmadi. "Galatasaroy" bundan ham yaxshiroq o'ynay oladi. Lekin eng muhimi — jamoa keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgani", — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Ikki o'yin natijasiga ko'ra "Galatasaroy" "keksa sinora"ni umumiy 7:5 hisobida mag'lub etdi. Istanbul klubining navbatdagi raqibi qur'a tashlash marosimida ma'lum bo'ladi.

Bosh sahifaga
188