Osimxen: «Yuventus» muxlislari hayotimizni haqiqiy dahshatga aylantirishini bilardim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

«Galatasaroy» etakchisi Viktor Osimxen Chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo'l olgan sensatsion g'alabadan so'ng bayonot berdi. Kuni kecha Istanbul klubi o'tish o'yinlarida «Yuventus»ni mag'lub etdi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra umumiy hisob — 7:5 Turkiya klubi foydasiga hal bo'ldi.
Osimxen «Galatasaroy» muxlislariga minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga, nigeriyalik futbolchi jamoa hali ko'p jihatlar ustida ishlashi kerakligini ta'kidladi.
«Bu qiyin bo'lishini, «Yuventus» muxlislari hayotimizni haqiqiy dahshatga aylantirishini bilardim. «Galatasaroy» muxlislariga ham rahmat aytaman. Men ularning ovozini eshitib turdim va ularning uyga mayus holda qaytishlarini istamadik. Biz buni uddalashimiz kerak edi, lekin ochig'ini aytsam, hali ko'p narsalarni yaxshilashimiz lozim», — deya Osimxenning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Bosh sahifaga
190