Dani Olmo «Barselona»ning eng past baholangan futbolchisi kimligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 339

«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo jamoadoshlaridan kimni eng past baholangan deb hisoblashini ochiqladi.
27 yoshli futbolchi joriy mavsumda Xans-Diter Flik uchun asosiy o'yinchilardan biriga aylangan himoyachi Erik Garsiyani alohida qayd etdi.
«Erik — tarkibimizdagi eng past baholangan futbolchi. Hozir uni avvalgiga qaraganda ko'proq qadrlashyapti, lekin men baribir uning ismini aytgan bo'lardim», — deya Olmoning javobidan iqtibos keltirmoqda «Barca Universal».
Garsiya joriy mavsumda «ko'k-anorranglilar» safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Dekabr oyida universal markaziy himoyachi klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
125