Gyuler «Real» tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoa safidagi o'zining yuzinchi o'yinini o'tkazdi. Ushbu yubiley bahsi turkiyalik futbolchining 21 yoshga to'lgan kuniga to'g'ri keldi — u Chempionlar ligasi doirasidagi «Benfika» bilan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
«Opta» ma'lumotlariga ko'ra, Gyuler 2009/10 yilgi mavsumdan beri «qaymoqranglilar» safida yuzta o'yinlik marrani zabt etgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Bu ko'rsatkichga undan ham yoshroq paytida faqat Vinisius Junior (20 yosh 232 kunlikda) va Eduardo Kamavinga (20 yosh 275 kunlikda) erisha olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
123