Sobiq hakam Vinisius Juniorni keskin tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

Argentinalik sobiq hakam Xaver Kastrilli braziliyalik hujumchi Vinisius Junior ishtirokidagi navbatdagi mojaro yuzasidan o'z fikrini bildirdi. U futbolchini «seriyali provokator» deb atadi.
«UEFA biror-bir dalilsiz Prestiannini jazolamoqchimi? Qachondan beri bunday qilish mumkin bo'lib qoldi? Bu Evropa degradatsiyasining navbatdagi belgisidir», — deya Kastrillining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «derbyderbyderby.it» nashri.
Shuningdek, Kastrilli iboralarni tanlab o'tirmay, Vinisiusni «seriyali provokator» deb atadi. Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 2019 yildan beri o'z klubida to'p surib kelmoqda va doimiy ravishda irqchilik bilan bog'liq mojaroli vaziyatlarga tushib qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
136