Raul Asensioning jarohati bo'yicha ma'lumot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 429

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio Chempionlar ligasi doirasida Lissabonning «Benfika» jamoasiga qarshi o'tkazilgan javob uchrashuvini oxirigacha etkaza olmagan edi. «El Chiringuito» jurnalistlarining xabar berishicha, futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli ispaniyalik o'yinchining holati xavotirga o'rin qoldirmaydi. Tibbiy muolajalardan so'ng Asensio shifoxonadan chiqqan.
Eslatib o'tamiz, «Real» va «Benfika» o'rtasidagi javob bahsi «qirollik» klubining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Alvaro Arbeloa shogirdlari ikki o'yin natijasiga ko'ra g'alaba qozonib, Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga yo'l olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
149