Moyses Kaysedo "Chelsi"dagi kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 416

Yarim himoyachi Moyses Kaysedo yaqin orada "Chelsi"ni tark etish niyatida emas.
Jurnalist Kiran Gillning ma'lumotlariga ko'ra, ekvadorlik futbolchi London klubi bilan yangi shartnoma imzolashdan manfaatdor. U "ko'klar" safida to'p surishni davom ettirishni istaydi va jamoadagi o'z mavqeidan mamnun.
Moyses Kaysedo 2023 yilda "Brayton"dan "Chelsi"ga 116 million evro evaziga o'tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "ko'klar" safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda ishtirok etib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali Kaysedoning qiymatini 110 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
150