Bobousmon Baturov bokschilarimiz orasida birinchi bo'lib Tokio-2020 litsenziyasiga ega bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 261

Iordaniya poytaxtida davom etayotgan boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi turnir davom etadi. Biroz avval hamyurtimiz Bobousmon Baturov (-69 kg) chorak final jangini yakunladi.
Xitoylik Kiong Ersunga qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz 3 raund davom etgan bellashuvda ustunligini namoyish qildi va bahsni o'z foydasiga hal qildi. Eng asosiysi, ushbu g'alaba Baturovga Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini taqdim qildi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra -69 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 5 ta kvota o'ynalmoqda. Demak, yarim final final yo'llanmasi jizzaxlik bokschimizga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi.
Shu tariqa, delegatsiyamizning Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga qo'lga kiritgan yo'llanmalari soni 15 taga etdi. Bugun Olimpiada litsenziyalari uchun ringga ko'tariladigan yana 4 nafar bokschimizga ham mana shunday g'alabalar yor bo'lishini tilab qolamiz.
Manba: olympic.uz
Bosh sahifaga
197