EChL. Turindagi drama: «Yuventus» g'alaba qozondi, biroq «Galatasaroy» keyingi bosqichga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309

«Yuventus» jamoasi Chempionlar ligasi pley-off o'tish bosqichining javob uchrashuvida «Galatasaroy»dan ustun keldi — 3:2 (qo'shimcha vaqtlarda). O'yin Turindagi «Alyants» stadionida bo'lib o'tdi.
Biroq, dastlabki uchrashuvda «Galatasaroy» 5:2 hisobida g'alaba qozongani sababli, ikki o'yin natijasiga ko'ra turk klubi Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo'l oldi. Endilikda «sherlar» nimchorak finalda «Liverpul» yoki «Tottenxem» jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushishadi.
Musobaqaning ushbu va boshqa bosqichlari uchun qur'a tashlash marosimi juma kuni, 27 fevral sanasida bo'lib o'tadi.
Evropa Chempionlar ligasi. Nimchorak final. Javob o'yini
26.02.2026 | 01:00
«Allyants Stedium», Turin
«YuVENTUS» (Italiya) — «GALATASAROY» (Turtsiya) — 3:2 (Qo'shimcha vaqtda)
(Birinchi o'yin — 2:5)
Gollar: Lokatelli 37 - penaltidan (1:0), Gatti 70 (2:0), Makkenni 82 (3:0), Osimxen 105 (3:1), Bariish Yilmaz 119 (3:2).
«Yuventus»: Perin, Gatti, Kelli, Makkenni, Kalyulyu (Kostich, 109), Lokatelli (Openda, 109), Kopmeyners, Tyuram (Adjich, 77), Kenan Yiildiiz (Miretti, 103), Konseysau (Jegrova, 67), Devid (Boga, 67).
«Galatasaroy»: Ugurdjan Chakir, Sanches, Abdyulkerim Bardakdji, Yakobs (Eren Elmali, 87), Sholloi (Boe, 59), Torreyra (Singo, 103), Lemina (Ikardi, 87), Sara (Gyundogan, 71), Barish Yilmaz, Lang (Sane, 59), Osimxen.
Ogohlantirishlar: Kelli (25), Kenan Yiildiiz (31) — Osimxen (14), Sholloi (33), Sara (60), Ugurdjan Chakir (111).
Chetlatish: Kelli (48, ikkinchi sariq).

Bosh sahifaga
289