EChL. «PSJ» «Monako» bilan durang o'ynab, keyingi bosqichga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2013

«PSJ» o'z maydonida Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida «Monako» bilan durang o'ynadi — 2:2.
Birinchi bo'lim yakunida monegasklar yarim himoyachisi Magnes Akliush hisobni ochdi. 60-daqiqada Markinosning goli evaziga «PSJ» muvozanatni tikladi. Bundan bir daqiqa oldin mehmonlar a'zosi Mamadu Kulibali maydondan chetlatilgan va «Monako» bir kishi kam bo'lib qolgan edi. 66-daqiqada Xvicha Kvaratsxeliya parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Uchrashuv yakunida «Monako» himoyachisi Yordan Teze hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.
Ikki o'yin natijasiga ko'ra (ilk bahs — 3:2), «PSJ» g'alaba qozondi va Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo'l oldi. Ushbu bosqichda Parij klubi «Barselona» yoki «Chelsi» jamoalaridan biri bilan to'qnash keladi.
Evropa Chempionlar ligasi. O'tish uchrashuvi. Javob o'yini
26.02.2026 | 01:00
«Park de Prens», Parij
«PSJ» (Frantsiya) — «MONAKO» (Frantsiya) — 2:2
(Birinchi o'yin — 3:2)
Gollar: Akliush 45 (0:1), Markinos 60 (1:1), Kvaratsxeliya 66 (2:1), Teze 90+1 (2:2).
«PSJ»: Safonov, Markinos, Pacho, Nunu Mendesh (Ernandez, 80), Xakimi, Vitinya, Joau Nevesh, Zair-Emeri (Fernandes, 87), Barkolya (Li Kan In, 69), Kvaratsxeliya, Due (Ramush, 88).
«Monako»: Ken, Zakariya (Mavissa, 74), Fas, Kerer, Kamara, Bamba (Teze, 62), Kayyu Enrike, Vanderson (Nibombe, 90+4), Kulibali, Akliush (Bieret, 74), Balogun (Adingra, 74).
Ogohlantirishlar: Zakariya (24), Vanderson (48), Kulibali (55).
Chetlatish: Kulibali (58, ikkinchi sariq).

Bosh sahifaga
276