«Real» himoyachisi «Benfika» bilan o'yinda jiddiy jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72

«Real» himoyachisi Raul Asensio Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Benfika»ga qarshi javob uchrashuvida jarohat oldi.
O'yinning 74-daqiqasida 23 yoshli ispaniyalik futbolchi hushini yo'qotib, maydonga yiqildi. Bir necha daqiqa davomida ko'rsatilgan tibbiy yordamdan so'ng, u maydonni zambilda tark etdi.
Ispaniyalik himoyachining o'rniga avstriyalik David Alaba zaxiradan maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290