«Manchester Yunayted» darvozaboni «Beshiktosh»ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35504

Altoy Bayindir shu yozda Turkiyaga qaytadi.
«Fanatik» nashrining xabar berishicha, «Manchester Yunayted» darvozaboni «Beshiktosh» klubi bilan kelishuvga erishgan. Transfer amalga oshgach, u yiliga 2 million evro maosh oladi.
Shuningdek, Turkiya Superligasi klubi «MYu» bilan ham kelishib olgan. Mankunianliklar darvozabonni 5 million evro evaziga sotishga rozi bo'lishgan.
«MYu»ga o'tishdan avval Bayindir besh mavsum davomida «Fenerbaxche» sharafini himoya qilgan edi. Uning «Old Trafford»dan ketishiga «Manchester Yunayted»ning yangi darvozaboni Senne Lammensning ishonchli o'yini sabab bo'lgani aytilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269