Fenomenal ko'rsatkich: Ronaldu joriy mavsumda har bir o'yinda o'rtacha bitta gol urmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

Krishtianu Ronaldu ketma-ket to'rtinchi o'yinda gol urdi.
«An-Nasr» hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Najma»ga qarshi kechgan bahsning 11-daqiqasida penaltidan hisobni ochdi. Bungacha u «Al-Hazm» (dubl), «Al-Fatex» va «Al-Xolud» jamoalari darvozasini ishg'ol qilgan edi.
Umumiy hisobda portugaliyalik yulduz joriy mavsumda chempionatning 21 ta o'yinida 21 ta gol urdi. Barcha turnirlarni, jumladan terma jamoadagi ishtirokini hisobga olsa, uning hisobida 30 ta o'yinda 27 ta gol mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267