"Borussiya D" APL grandlari qiziqish bildirayotgan futbolchisini 70 mlnga sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1179

Dortmundning "Borussiya" klubi etakchi yarim himoyachisining transfer qiymatini belgilab oldi. Bild nashri xabariga ko'ra, klub Feliks Nmechani taxminan 70 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Xavbekka asosan "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda. Hozircha hech bo'lmaganda bitta klub futbolchini bunday narxda sotib olishga rozi bo'ladimi yoki yo'qmi, noma'lum.
Nmecha joriy mavsum 35 ta o'yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256