Del Pero: "Yig'lagim kelyapti"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 997

Alessandro Del Pero Italiya futbolidagi vaziyatdan xafa bo'ldi.
"Yig'lasam maylimi? Vaziyat og'ir. Hammasi ko'ringanidek yomon emas, lekin 90% yoki 95% - ha. Bu so'nggi yillarda Italiyada sodir bo'layotgan voqealarning natijasidir. Investitsiyalar darajasi past, boshqa bozorlar biznikidan ancha katta bo'lib ketgan.
Muammolar? Stadionlar. Buni to'g'rilash uchun maydondan tashqarida yaxshiroq ishlash kerakligini bilamiz.
Yosh futbolchilarni tayyorlash tizimi? 2008 yilda tug'ilgan ikki italiyalik yigit "Borussiya" safida "Atalanta"ga qarshi qanday o'ynashini ko'ramiz. Nima, kechirasiz? Nima bo'lyapti o'zi? Nega bu italiyaliklar bizda emas, "Borussiya"da o'ynashyapti?", - dedi "Yuventus" sobiq forvardi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257