"Everton" Stounsni qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

"Everton" klubi "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadigan himoyachi Jon Stounsni ortga qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Yoz mavsumida "Everton" Stounsni tekinga qo'lga kiritishi mumkin, ammo kelishuv murakkab bo'lishi mumkin, chunki futbolchi katta imzo bonusini talab qilishi mumkin. Bu haqda Football Insider’ga tayanib, Transfer News Live xabar berdi.
Bahor oxirida Jon Stouns 32 yoshga to'ladi. Bu mavsumda himoyachi 14 ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat qilmadi.
"Everton" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252