Rafinya "Barselona"dagi ichki muhit va sardorlik haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 846

«Barselona» sardori Rafinya klubning rasmiy YouTube kanalidagi suhbat chog'ida jamoaning Xansi Flik qo'l ostidagi muvaffaqiyatlari sirini ochiqladi.
Braziliyalik vingerning ta'kidlashicha, jamoadagi ichki muhit juda a'lo darajada va futbolchilar o'z oila a'zolaridan ko'ra bir-birlari bilan ko'proq vaqt o'tkazishadi.
«Kiyinish xonasi ajoyib. Biz xuddi bir oiladekmiz. Mashg'ulotlar va safarlar tufayli yaqinlarimizdan ko'ra ko'proq birga bo'lamiz. Bu samimiy do'stlik muvaffaqiyatlarimizning asosiy omilidir», — dedi Rafinya.
Shuningdek, u ikkinchi mavsumdirki «Barsa» sardorlaridan biri bo'lish uning uchun ulkan sharaf va ushalmas orzu bo'lganini qo'shimcha qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252