Koutino TsSKAga o'tadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1211

«Liverpul» va «Barselona» jamoalarining sobiq yarim himoyachisi, 33 yoshli Filippe Koutino MLSga o'tish yoki faoliyatini yakunlash variantlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda «ESPN Brasil» futbolchining yaqinlariga tayanib xabar bermoqda.
Avvalroq, erkin agent maqomida bo'lib turgan braziliyalik futbolchiga Rossiyaning TsSKA klubi qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.
«ESPN» nashri TsSKAning qiziqishini tasdiqladi, biroq futbolchiga yaqin bo'lgan manbaning ta'kidlashicha, agar Koutino Rossiya klubining taklifini qabul qilsa, bundan hayratda qolishini bildirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212