Edegor yozda "Arsenal"dan ketadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 485

«football.london» nashrining xabariga ko'ra, Martin Edegor shu yozda «Arsenal»dan ketish niyatida emas. So'nggi haftalarda OAVda «kanonirlar» sardori mavsum yakunida yangi klub izlashi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Biroq Edegor o'zining jismoniy muammolarini engib o'tishga va asosiy tarkibdagi muhim rolini qaytarib olishga qat'iy qaror qilgan. Garchi bu mavsum u uchun jarohatlar tufayli biroz omadsiz kechayotgan bo'lsa-da, norvegiyalik yarim himoyachi jamoasining Premer-liga chempionligi uchun kurashiga o'z hissasini qo'shmoqda. Xususan, o'tgan dam olish kunlari «Tottenxem»ga qarshi bahsda u zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252