Frantsiya terma jamoasining sobiq forvardi "PSJ" darvozabonining o'yiniga yuqori baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 705

Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Floran Sinama-Pongol rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning "PSJ" tarkibidagi o'yinini yuqori baholadi.
Frantsiyalik sobiq futbolchi Rossiya Premer-ligasini kuzatmasligini, biroq Safonov Frantsiya va Evropada barchaning e'tiborida ekanini tan oldi.
«Rossiyalik futbolchilar Chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etishmoqda. Xuddi shu "PSJ"dagi Safonov ham juda yaxshi ishni amalga oshirmoqda», — deya faxriy futbolchining so'zlarini keltiradi «RIA Novosti».
2025/2026 yilgi mavsumda rossiyalik posbon parijliklar safida o'nta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan to'rtta to'p olib chiqdi. Shu bilan birga, u o'z darvozasiga belgilangan ettita penaltidan beshtasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Bosh sahifaga
199