Nike "Barselona" uchun eksklyuziv kollektsiya tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

«Barselona»ning texnik homiysi, Amerikaning Nike kompaniyasi «blaugrana» muxlislari uchun haqiqiy sovg'a tayyorlamoqda. Keyingi mavsumda brend «Chrome» nomi ostida maxsus limitlangan kiyimlar to'plamini sotuvga chiqaradi.
Jamoa gerbi va homiylarning barcha logotiplari «metallik» rangida ishlanadi, dizayn elementlari esa hajmli «Chrome» effektiga ega bo'ladi.
Shuni ta'kidlash joizki, Nike ushbu dizaynni o'yin formalari uchun qo'llashni rejalashtirmagan. «Chrome» kollektsiyasi faqat mashg'ulotlar yoki kundalik kiyish uchun mo'ljallangan bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212