Robert Levandovski: «Kelajak haqida qaror chiqarishga hali erta»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 490

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski o'zining kelajagi borasidagi mish-mishlarga javob berib, faoliyatidagi keyingi qadamni belgilash uchun hali vaqt borligini aytdi.
Shartnomasi shu yozda yakuniga etadigan 37 yoshli futbolchi hozircha bor e'tiborini maydondagi natijalarga qaratgan.
«Qaror qabul qilish vaqti hali kelgani yo'q. Chempionlar ligasida nima bo'lishini bilmayman, bu sovrin hali bizdan ancha uzoqda. Klubdagi faoliyatimni ikkinchi jamoa bilan ikkinchi bor EChL g'olibi sifatida yakunlash ajoyib bo'lardi», — deydi polshalik yulduz.
Shuningdek, u «Barselona»dagi faoliyati uning qalbida doim alohida o'rin tutishini ta'kidladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241