Kazemiro hali ham o'zini Evropa darajasida ekanligiga shubha qilmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

34 yoshli Kazemiro shu yozda «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi tugagach, MLSga o'tish haqidagi takliflarni rad etib, Evropada qolishni rejalashtirmoqda.
Braziliyalik yulduz hamon yuqori darajada o'ynashga qodirligiga ishonadi. Unga sobiq jamoadoshi Luka Modrichning o'tgan yozda «Milan»ga o'tgani o'rnak bo'lib xizmat qilmoqda va Italiya uning keyingi manzili bo'lishi mumkin.
Joriy mavsumda Kazemiro 29 ta o'yindan 24 tasida asosiy tarkibda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Avvalroq Saudiya klublari unga qiziqish bildirgan edi, biroq futbolchining haftalik 350 ming funtlik maoshi transferga to'sqinlik qilgan. Chempionlar ligasining besh karra g'olibi 2022 yilda «Real»dan 70 million funt evaziga sotib olingan edi.

Bosh sahifaga
240