Mbappe tizzasidagi muammo tufayli operatsiya qilinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36

Hujumchi Kilian Mbappe tizzasidagi muammosi kuchaygani sababli «Real»ning yaqin oradagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Frantsuz futbolchisi Madrid jamoasining Chempionlar ligasi doirasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan navbatdagi o'yini uchun qaydnomaga kiritilmadi.
Taniqli jurnalist Xuanfe Sansning xabar berishicha, agar tanlangan konservativ davolanish usuli tizzaning holatini yaxshilamasa, Mbappe kichik jarrohlik amaliyotini o'tkazishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni «Real» o'z maydonida «Benfika»ni qabul qiladi. Bu Chempionlar ligasi o'tish (pley-off) bosqichining javob uchrashuvi bo'ladi. Birinchi o'yinda Alvaro Arbeloa shogirdlari safarda 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243