Van der Vaart Frenki De Yongning muammosini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1338

O'tmishda mashhur bo'lgan futbolchi Rafael van der Vaart "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong haqida fikr bildirdi.
"Frenki de Yong umuman o'z o'yiniga qo'shimcha nimadir olib kirishi kerak. Men gollar va samarali uzatmalar haqida gapiryapman. U jahon darajasidagi o'yinchi, ammo u hech qachon darvozaga zarba bermaydi va katta tavakkal qilmaydi", - deya van der Vaartning so'zlarini keltiradi The Touchline.
2025/26-yilgi mavsumda Frenki de Yong 31 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va ettita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243