Virtsning agenti Xabi Alonso va Florentino Peres bilan suhbat tafsilotlarini so'zlab berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 585

Hujumkor yarim himoyachi Florian Virts bilan hamkorlik qiluvchi agent Folker Shtrut «Real Madrid» klubi bilan qanday bog'langani haqida gapirib berdi.
«Virtsning «Liverpul»ga o'tishi muhokama qilinayotgan vaqtda men Xabi Alonsoga qo'ng'iroq qilib: «Sen bu yigitni o'zing bilan «Real»ga olib ketishing kerak», deb aytdim. Xabi esa: «Buni menga emas, Florentino Peresga aytishing lozim», deb javob qaytardi. Shundan so'ng men Peresga xabar yo'lladim: «Hurmatli Florentino, men sizga ko'p marta aytganman: menda sizga qattiq tavsiya qiladigan o'yinchi bor. Florian Virts dunyodagi istalgan jamoani kuchaytira oladi».
O'sha yili tarkib va byudjet sababli vaziyat mos kelmagan edi. Ammo mening istagim o'zgarmagan — Virts bir kun kelib albatta «Real»da paydo bo'lishini xohlayman», — deya Shtrutning so'zlarini «Goal» portali «Bild» va «Phrasenmaher» podkastiga tayanib keltirmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Florian Virts 35 ta o'yinda ishtirok etib, oltita gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
240