"Budyo-Glimt" EChLdagi muvaffaqiyatlari uchun allaqachon 53 mln evro ishlab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 436

Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubi Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo'l oldi.
Bir kun avval o'tish o'yinlarining ikkinchi bahsida "Budyo-Glimt" "Inter"ni mag'lub etgandi (2:1).
Football Meets Data sayti xabariga ko'ra, keyingi bosqichga chiqish "Budyo-Glimt"ga UEFAdan 11 mln evro mukofot puli olib kelgan.
"Budyo-Glimt"ning joriy mavsumdagi chiqishlari uchun jami mukofot puli 53,1 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, "Budyo-Glimt"ning butun tarkibi Transfermarkt portalida 57,1 mln evroga baholanmoqda.
Norvegiya jamoasi bilan birga 1/8 finalga "Bayer" (mukofotlar summasi 79,6 mln evrogacha oshdi), "Atletiko" (76,7 mln evro) va "Nyukasl" (64,4 mln evro) etib keldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230