"Chelsi" va "Vest Xem" jarimaga tortildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1172

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) "Chelsi" va "Vest Xem" klublarini Premer-liga o'yinida (3:2) futbolchilar o'rtasidagi janjal uchun jazoladi.
Uchrashuvning 96-daqiqasida Adam Traore va Mark Kukurelyaning mojarosidan so'ng bir guruh futbolchilar o'rtasida mushtlashuv boshlandi.
"Mustaqil nazorat komissiyasi 2026 yil 31 yanvar, shanba kuni bo'lib o'tgan Premer-liga o'yinida ommaviy janjal uchun "Chelsi" va "Vest Xem Yunayted" futbol klublarini jarimaga tortdi.
Taxminan 95-daqiqada "Chelsi" jamoa futbolchilari o'zlarini nomaqbul va yoki provokatsion tarzda tutmasligini ta'minlamagani tan olindi. "Vest Xem Yunayted" ham bu vaqtda futbolchilari o'zlarini noo'rin va yoki provokatsion va yoki tajovuzkor tutmasligini ta'minlamadi.
Keyinchalik ikkala klub ham o'zlariga qo'yilgan ayblovlarni tan oldi. Eshituvdan so'ng, tartibga soluvchi komissiya "Chelsi" va "Vest Xem"ga 325 ming va 300 ming funt jarima belgiladi", - deyiladi FA xabarida.

Bosh sahifaga
138