"Barselona" foydasiga berilgan penalti haqqoniy edimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451

Sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales "Barselona" — "Real Sosedad" o'yinida belgilangan penalti haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, bosh hakam Xuan Martines Munuera VAR tufayli to'p mehmonlar a'zosi Roben Le Normanning qo'liga tekkan deb hisoblagan va penalti bergandi.
"Agar qo'l qanday holatda to'pga tegsa penalti berilishi kerakligini eslasak, bu vaziyatda qoida buzilishi bor edi. Chunki qo'l havoga ko'tarildi va to'p yo'lini to'sib qoldi.
Biz hozir to'p qo'lga tekkan vaziyatlarning ko'pida hushtak chalyapmiz. Hozir to'p qo'l bilan o'ynalganda qoida buzilganmi, yo'qmi, tushunish ham qiyin bo'lib qoldi", — dedi Iturralde.
Manba: soccernews.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287