EChLda nimchorak finalga keliboq A Seriyadan birorta jamoa qolmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

Italiyaning amaldagi chempioni va A Seriya peshqadami Chempionlar ligasining 1/8 finaliga etib bormay musobaqadan chiqib ketdi.
Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Inter» o'tish o'yinlarida «Budyo-Glimt» jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:3, 1:2). O'tgan mavsumda mamlakat chempioni bo'lgan «Napoli» esa EChLning umumiy bosqichidayoq turnir bilan xayrlashdi.
Italiyaning yana ikki klubi — «Yuventus» va «Atalanta» dastlabki o'tish o'yinlarida mag'lubiyatga uchradi. O'tgan haftada turinliklar «Galatasaroy»ga (2:5), bergamaliklar esa Dortmundning «Borussiya»siga (0:2) imkoniyatni boy berishdi. Ushbu juftliklar o'rtasidagi javob uchrashuvlari chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172