"Inter" prezidenti Simeone bilan kelishuv haqidagi xabarlarga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

Milanning "Inter" klubi rahbari Juzeppe Marotta Madridning «Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone bilan kelishuvga erishilgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Ispaniyadan kelayotgan Simeone bilan kelishuvimiz haqidagi xabarlar — mutlaqo feyk. Bu voqea haqiqatga zarracha ham mos kelmaydi. Biz hozirgi murabbiyimiz Kristian Kivudan juda mamnunmiz», — deya jurnalist Fabritsio Romano «Inter» prezidentining so'zlarini keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Diego Simeonening «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174